Qashqadaryo viloyat elektromagnit moslashuv xizmati hamda Qarshi shahar IIB tomonidan radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
“O‘zkomnazorat” xabariga ko‘ra, “Qo‘rg‘oncha” va “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida olib borilgan tezkor tadbirlarda ushbu hududda joylashgan MChJda 15 dona Baofeng BF888S rusumidagi ratsiyadan ruxsatnomasiz foydalanib kelingani aniqlandi.
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy shu’basi tomonidan ushbu huquqbuzarlik sabablari o‘rganib chiqilib, MChJ egasiga nisbatan chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborildi.