Toshkent tumanida 268 mln so‘mlik ichimlik suvi o‘g‘irlandi

Jamiyat 16:56 / 14.06.2024 4145

 Toshkent tumanida katta miqdorda ichimlik suvdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan. Unda Toshkent tumanidagi MChJlardan birining rahbari N.I. MChJga qarashli issiqxonada markazlashgan ichimlik suv ta’minoti tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulangani fosh etilgan.

Buning oqibatida 267,9 mln so‘mlik ichimlik suvdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: