Saudiya Arabistonining podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik yordami markazi O‘zbekistonga beg‘araz ko‘mak sifatida 25 tonna xurmo yubordi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi xabariga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida yo‘llangan hadyani Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiy O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulovga topshirdi.
Hadya qilingan xurmo jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda «Muruvvat» uylari va shifoxonalardagi haqdor fuqarolarga tarqatiladi.