Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston-Koreya sammiti doirasida O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Janubiy Koreya birinchi xonimi Kim Kon Xi bilan uchrashdi.
Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan suhbat davomida xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar almashinuvlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’at ustalarining ijod namunalari bilan tanishdi, xalq an’ana va urf-odatlari namoyish etildi.