G7 Kiyevga Rossiya aktivlari garovi ostida 50 mlrd dollar berilishini tasdiqladi

Jahon 09:31 / 14.06.2024 2481

«Katta yettilik»ning barcha davlatlari garov sifatida G‘arb davlatlarida muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlaridan tushgan daromaddan foydalanib, yil oxirigacha Ukrainaga umumiy qiymati 50 milliard dollar miqdorida kredit berishga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen 13 iyun, payshanba kuni Italiyadagi G7 sammitida ma’lum qildi

Fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvlar tafsilotlari hali ham moliya vazirlari tomonidan ishlab chiqilmoqda. 50 milliard dollarning qariyb yarmini Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, qolgan yarmini G7 boshqa davlatlari taqdim etishi mumkin, deb yozadi Reuters Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysiga tayanib. 

Shols: Ukrainaga kredit - Rossiya uchun aniq signal

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaga ushbu kredit berish rejasini tarixiy qadam deb atadi. «Bu Rossiyaga u shunchaki o‘tirib, bu urushda bugungi kunda Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan dunyoning ayrim davlatlarida moliyaviy muammolar borligi tufayli g‘alaba qozonishiga umid qilmasligi kerakligini ko‘rsatdi», dedi u jurnalistlarga. 

G7 qarori, Sholsga ko‘ra, ukrainaliklarga o‘z mustaqilligi va suverenitetini himoya qilishda davom etish uchun ham jasorat berishi kerak. Bu mablag‘larning ajratilishi Ukraina zarur qurol-yarog‘ sotib olishi va tiklash ishlarini moliyalashi mumkinligini anglatadi, dedi u. 

Ko‘proq yangiliklar: