Abdulla Aripov Janubiy Koreya kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston 08:59 / 14.06.2024 3089

Vazirlar Mahkamasida 13 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, bosh vazir Abdulla Aripov Koreya Respublikasining Lotte Group kompaniyasi rahbari Shin Dong Bin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Bosh vazir matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda oliy darajadagi yaqin va ishonchli muloqot mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani, Janubiy Koreya prezidentining tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga yana bir muhim qadam bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Lotte Group nafaqat Koreyada, balki Osiyoda eng yirik konglomeratlardan biri hisoblanadi. Mazkur kompaniya O‘zbekistondagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya ishtirokidagi ilk yirik Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishida ishtirok etgan.

Uchrashuvda hamkorlikdagi loyihalarni “yashil” energetika, gaz-kimyo, turizm, oziq-ovqat va boshqa sohalarni qamrab olgan holda yanada boyitish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: