Toshkentda temiryo‘l kesishmasidagi ta’mirlash ishlari tufayli Fitrat ko‘chasida harakat cheklanadi

Jamiyat 12:12 / 13.06.2024 1915

Toshkent shahar Mirobod tumani Abdurauf Fitrat va Sodiqjon Tolipov ko‘chasidagi temiryo‘l kesishmasining yo‘l izida reja asosida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

“Toshkent MTU” filiali xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan 14 iyun kuni soat 22:00 dan 15 iyun kuni soat 06:00 ga qadar Abdurauf Fitrat ko‘chasining Sodiqjon Tolipov ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

“Toshkent MTU” filiali keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: