O‘zbekistonda 5 oyda qurilish sohasida 47 ta korrupsiyaviy jinoyat sodir etilgani aniqlandi 

O‘zbekiston 16:15 / 13.06.2024 3161

2024 yil yanvar-may oylarida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritgan 38 nafar xodim tomonidan 47 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilgan. Bu haqda Oliy sud tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligiga taqdim etilgan statistik ma’lumotlarda keltirilgan.

Ta’kidlanishicha, shulardan 9 tasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Jinoyatlarlar asosan mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtakorligi, pora olish, pora berish bilan bog‘liq. 

Qayd etilishicha, 2023 yilda kapital qurilish sohasida 458 nafar shaxslarga nisbatan 227 ta korrupsiyaviy jinoyat ishlari sudlar tomonidan ko‘rib tamomlangan. Sodir etilgan jinoyatlar natijasida 2023 yilda jamiyat va davlat manfaatlariga 100,2 mlrd so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan. 

Kapital qurilish sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 458 nafar shaxslarning 60 nafari bevosita Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi idora va tashkilotlar xodimlari, 44 nafari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari, qolgan 354 nafari esa boshqa soha xodimlari yoki fuqarolar ekani aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: