Ozarboyjon Surxondaryoda ko‘p qavatli uylar qurmoqchi

O‘zbekiston 10:02 / 13.06.2024 5654

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ozarboyjondan tashrif buyurgan Tobus Bashtiyan Ltd kompaniyasi rahbari Naig Mamadhasanov va Kaspian Kapital Group kompaniyasi rahbari o‘rinbosari Adolat Oxunovni qabul qildi

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda mehmonlarga viloyatning investitsion salohiyati va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar taqdimot qilingan. 

Xususan, uzumchilik, Omonxona va Sangardak hududlarida turizm loyihalarini amalga oshirish, Termiz shahridagi eski uylarni renovatsiya qilish hamda bo‘sh turgan yer maydonlarida 30 mingga yaqin ko‘p qavatli turar joylar va zamonaviy yo‘llar qurish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Mehmonlar mavjud imkoniyat va sharoitlar ma’qul ekanligini bildirib, loyihalarning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish hamda qisqa muddatlarda loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: