Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘dan chiqib ketdi - Ozarboyjon

Jahon 19:09 / 12.06.2024 5758

Ozarboyjon Mudofaa vazirligi Rossiya tinchlikparvar kontingentini Qorabog‘dan olib chiqib ketish jarayoni yakunlagani haqida xabar berdi. 

«Ozarboyjon hududida vaqtincha joylashgan Rossiya tinchlikparvar kontingentini mamlakatimiz hududidan olib chiqish jarayoni to‘liq yakunlandi», deyiladi Ozarboyjon Mudofaa vazirligi bayonotida. 

Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuv asosida 2020 yildan beri Tog‘li Qorabog‘da Rossiyaning 1960 askardan iborat tinchlikparvar kuchlari joylashgan edi. Ular o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bilan shug‘ullandi.

Shu yilning 17 aprel kuni Rossiya o‘z tinchlikparvar kuchlarini mintaqadan olib chiqishni boshladi. Ular Armanistonga ketishdi.

Ko‘proq yangiliklar: