Armaniston KXShTdan chiqishi haqidagi xabar rad etildi 

Jahon 21:39 / 12.06.2024 5236

Armaniston tashqi ishlar vaziri (TIV) Ararat Mirzoyan mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan (KXShT) chiqishi haqidagi ma’lumotni rad etib, bosh vazir Nikol Pashinyan bu haqda gapirmaganini aytdi. 

«Armaniston bosh vaziri biz KXShTdan chiqamiz, demadi, Armaniston bosh vaziri qachon chiqishni hal qilamiz, lekin ortga qaytmaymiz», dedi Mirzoyan parlamentdagi yig‘ilishda. Uning so‘zlarini TASS keltirdi. 

Avvalroq, Pashinyan Armaniston nega KXShTdan noroziligini bildiradiyu, lekin tashkilotdan chiqmayapti, degan savolga javob berib, «Biz chiqamiz, bu bilan meni qo‘rqityapsizmi? Bizda hammasi yaxshi, qachon chiqishimizni hal qilamiz. Sizningcha, keyingi qadam nima, orqaga qaytishimiz mumkinmi? Xavotir olmang», degan edi. 

Fevral oyida Pashinyan Armaniston KXShTdagi ishtirokini muzlatib qo‘yganini ma’lum qilgan edi. U tashkilotni Qorabog‘ muammosini hal qilishda mamlakatga yordam bermayotganlikda aybladi.

Ko‘proq yangiliklar: