Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorini voyaga yetmagan o‘g‘li orqali sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

Jamiyat 13:37 / 11.06.2024 3379

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro N.S. voyaga yetmagan o‘g‘li H.B. orqali Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani “Navnihol” MFY hududida fuqaro D.A.ga jami 200 dona Amino methyl nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, N.S.ning yonidan jami 1801 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: