Samarqandda homilador ayolga qo‘l ko‘targan IIB xodimi ishdan bo‘shatildi

O‘zbekiston 19:12 / 11.06.2024 20577

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki fuqaro hamda IIB xodimi o‘rtasidagi janjal aks etgan videolavha tarqaldi. Holat Samarqand shahrida sodir bo‘lgan. Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yil 9 iyun kuni jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB profilaktika inspektori S.Eshonqulov soat 22:00 larda Samarqand shahar Dahbet ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining qatnov qismida fuqarolar janjal qilayotganini ko‘rgan. U fuqarolarni 6-son IIBga olib borib, sodir etgan qilmishini rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. Shunda profilaktika inspektori va ushbu shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Jarayonda profilaktika inspektori ikki nafar fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, profilaktika inspektori S.Eshonqulov ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: