Samarqandda Damas yo‘l chetidagi 2 nafar piyodani urib ketdi

O‘zbekiston 12:19 / 11.06.2024 11222

Samarqand viloyati Toyloq tumanida Damas yo‘l chetidagi 2 nafar piyodani urib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB.

Qayd etilishicha, 2024 yil 10 iyun kuni soat 18:10 lar atrofida Toyloq tumani hududidan o‘tuvchi 4K-529A avtomobil yo‘lining 2-kilometrida Qo‘rg‘oncha-Qunduzak yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas ikki nafar piyodani urib yuborib YTH sodir etgan.

Oqibatda ikki nafar piyoda va transport vositasi ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

YTH oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari boshlandi.

Ko‘proq yangiliklar: