O‘zbekistonda Turkiya tajribasi asosida tog‘-adirlarni o‘zlashtirish boshlanadi

O‘zbekiston 07:45 / 11.06.2024 7374

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.

Turkiya tajribasi asosida tog‘-adirlarni o‘zlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash tizimini joriy qilish, xalqaro standartlarga mos o‘zbek-turk Urug‘chilik test markazini ochish mo‘ljallangan.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish, to‘qimachilik, charm-poyabzal, elektrotexnika, hunarmandchilik mahsulotlariga tarif va boj stavkalarini kamaytirish, Istanbul shahrida O‘zbekistonning savdo vakolatxonasini ochish rejalashtirilgan.

Prezident Turkiyaning yirik kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

Ko‘proq yangiliklar: