O‘zbekistonda BMT yordamida suv toshqini haqida ogohlantirish tizimi o‘rnatiladi 

O‘zbekiston 19:16 / 11.06.2024 2284

O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida BMT yordamida suv toshqini haqida ogohlantirish tizimlari o‘rnatiladi. Bu haqda YuNeSKO bosh direktori Odri Azule ma’lum qildi. 

«Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) ishtirokida Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonda suv toshqini haqida ogohlantirish tizimlari o‘rnatiladi», dedi Azule Tojikiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan Muzliklar forumida so‘zlagan nutqida. 

Uning ta’kidlashicha, YuNESKO maqsadlaridan biri aholining muzliklar erishi jarayonlariga qanchalik ta’sirchan ekanini aniqlashdir. Azule so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning yozida Qozog‘istonning Talgar daryosi havzasida, O‘zbekistondagi Pskem daryosi havzasida, shuningdek, Qirg‘izistonning Oloy vodiysida suv toshqini haqida erta ogohlantirish tizimlari o‘rnatiladi. Bu tizimni Tojikistonda ham joriy etish rejalashtirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: