O‘zbekiston MDHda sud-ekspertlik kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

O‘zbekiston 10:14 / 11.06.2024 763

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. 

Mazkur bitim 2023 yil 13 oktyabr kuni Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.

Adliya vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: