Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 19:18 / 11.06.2024 8541

Shukurullayev Sardor Shuxratovich Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. 

U 1991 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2012 yilda O‘zbekiston xalkaro Islom akademiyasi (bakalavr) va 2014 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini (magistratura) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, makroiqtisodiyot. 

Shukurullayev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Soliq qo‘mitasi huzuridagi «Soliq-servis» davlat unitar korxonasi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 

Shukurullayev bu lavozimda 2021 yil 28 aprelidan buyon ishlab kelgan Sindor Raxmonqulov o‘rnini egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: