O‘zbekistonda media-mahsulotlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekiston 14:45 / 10.06.2024 1873

Konvensiya ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining turdosh huquqlarini ahdlashayotgan davlatlarda ularga o‘z huquqlarini himoya qilishning milliy rejimini taqdim etish yo‘li bilan himoya qilishga qaratilgan.

Qonunda quyidagi shartlar mavjudligi qayd etilgan:

  • O‘zbekiston faqat eshittirish tashkilotining shtab-kvartirasi boshqa ahdlashuvchi davlatda joylashgan bo‘lsa va uzatish xuddi shu davlatda joylashgan uzatuvchi yordamida amalga oshirilgan taqdirda efirga uzatishni ta’minlaydi;
  • O‘zbekiston tayyorlovchisi boshqa ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaxsi hisoblanmaydigan fonogrammalarga nisbatan 12-moddani qo‘llamaydi.

Konvensiyaga qo‘shilish intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilg‘or xalqaro standartlarini joriy etishga, shuningdek O‘zbekiston obro‘sining oshishiga ko‘maklashadi.

Ko‘proq yangiliklar: