Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV binosi yaqinida yong‘in chiqdi (video)
Hodisa yer ostidan o‘tkazilgan kabelda ro‘y bergan. Bu poytaxtning markaziy qismlarida svetoforlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Bugun, 10 iyun kuni tongda Toshkent shahri markazida, Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida yong‘in ro‘y berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Kosmonavtlar» bekati yaqinida yong‘in chiqqani haqida video tarqalgan.
«Toshkent metropoliteni» tomonidan bildirilgan munosabatda yuzaga kelgan ushbu yong‘inning metropoliten tizimiga aloqasi yo‘qligi, «Kosmonavtlar» bekatidagi barcha qurilmalar normal holatda ishlayotgani ma’lum qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Shota Rustaveli, Bobur, Beshyog‘och, Baynalmilal ko‘chalaridagi svetoforlar o‘chgani haqida xabar berishgan.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyevga ko‘ra, yong‘in yer ostida kabellar shikastlanishi natijasida yuz bergan bo‘lishi mumkin. «Holat mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda. Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», dedi u Kun.uz’ga bergan izohida.
FVV matbuot xizmati ham hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 08:10 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Afrosiyob va Sh.Rashidov ko‘chalari kesishmasi oldida joylashgan yerosti tunnelida elektr simlarini tutashi kuzatildi.
Voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 08:15 da yetib borib, soat 09:08 da qurshab olingan va hodisa soat 09:15 da bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida ham ushbu hududda kuchli yong‘in sodir bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Gurjistonda NATOning 7 davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi
Jahon | 12:07
-
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan
O‘zbekiston | 12:06
-
Bosh reja o‘zgartirilishi mumkin, faqat tadbirkorning g‘oyasi bilan emas – Qurilish vazirligi
O‘zbekiston | 11:29
Mavzuga oid

12:45 / 25.07.2025
“Surxondaryoning “o‘pkasi” yonib ketyapti” – Sheroboddagi yong‘in davom etayotgani ma’lum bo‘ldi

21:48 / 24.07.2025
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi

10:38 / 24.07.2025
Surxondaryodagi qo‘riqxonada ro‘y bergan yirik yong‘in 8 soatda o‘chirildi

23:11 / 23.07.2025