Qanot Sharq kompaniyasi Toshkent-Budapesht yo‘nalishida aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Jamiyat 11:06 / 09.06.2024 8679

Qanot Sharq aviakompaniyasi o‘z geografiyasini yanada kengaytirmoqda. Kompaniya yo‘lovchilarga yanada zamonaviy va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, O‘zbekistonni tranzit markaziga aylantirishga hissa qo‘shish maqsadida 30 iyundan “Toshkent – Budapesht” yo‘nalishida haftaning har yakshanbasida amalga oshiriladigan aviareyslarni e’lon qildi.

Yangi reyslar – yangi imkoniyatlar

Yangi reyslar turistlar, tadbirkorlar va talabalar uchun ko‘plab imkoniyatlarni ochib berishi kutilmoqda. Turistlar ikki mamlakatning boy madaniy merosi va tarixiy obidalarini ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tadbirkorlar uchun esa yangi savdo va investitsion aloqalarni o‘rnatishda qulay sharoitlar yaratiladi, bu ikki mamlakatning iqtisodiy hamkorligini kuchaytiradi. Talabalarga bu orqali Vengriya ta’lim va madaniy almashish dasturlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Budapesht: ajoyibotlarni sevuvchilar uchun qaynoq nuqta

 Ta’kidlash kerakki, mamlakat tarixiy va madaniy yodgorliklari, jumladan, Yevropadagi eng katta sinagoga va eski qal’alar, Balaton ko‘li, Tixani Milliy Bog‘i kabi tabiiy go‘zalliklarga boy.

Ammo Vengriyaning madaniy va tarixiy markazi, dunyoning eng go‘zal shaharlaridan biri - Budapesht sayohatchilar uchun alohida jozibadorlikka ega. Shahar me’morchiligi gotik, barokko, neoklassik va modern uslublarining ajoyib aralashmasini taqdim etadi. Dunyodagi "termal poytaxt" nomi bilan tanilgan shaharda ko‘plab termal hammomlar, jumladan Sechenya va Gellert buloqlari mehmonlarga tabiiy salomatlik manbalaridan foydalanish imkonini beradi. Shaharni ikkiga: Buda va Peshtga ajratgan Dunay daryosi bo‘ylab kechki kruizlar shaharning betakror manzarasini tomosha qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Muzey va galereyalar, Vengriya parlamenti binosi, Buda qal’asi va Avliyo Stefan bazilikasi shaharning boy madaniy merosini namoyish etib, sayohatchilar uchun unutilmas taassurotlarni qoldiradi.

2024 yilning 30 iyunidan boshlab, Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yishni boshlaydi. Mazkur reyslar har yakshanba kuni amalga oshiriladi. Bundan tashqari, kompaniya 2024 yilning 4 sentabridan boshlab, chorshanba kunlari yana bir qo‘shimcha reysni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish va parvozlarning qulayligini oshirishga yordam beradi. 

Aviakompaniya ushbu reyslarni yo‘lga qo‘yishda yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Chiptalarni kompaniya rasmiy sayti: qanotsharq.com, agentlik aviakassalari va onlayn-agregatorlar orqali sotib olish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−227−93−07, (+998) 71−227−57−71.

Sayt: qanotsharq.com

Facebook: fb.com/qanotsharq

Instagram: @qanotsharq

Telegram: t.me/qanotsharq

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: