Qanot Sharq bayram kunlariga rejalashtirilgan qator reyslarini bekor qildi

Jamiyat 19:40 / 14.12.2024 4452

Qanot Sharq aviakompaniyasi 2024 yil 31 dekabr hamda 2025 yil 1 yanvar sanalariga rejalashtirilgan qator reyslari bekor qilingani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Aviakompaniyaning 31 dekabr kuni quyidagi reyslari bekor qilinadi:

·        Toshkent — Istanbul (HH575 reysi);

·       Istanbul — Toshkent (HH576 reysi);

·       Istanbul — Namangan (HH578 reysi);

·       Namangan — Istanbul (HH577 reysi);

·       Toshkent — Moskva (HH701 reysi);

·       Samarqand — Sankt-Peterburg (HH741 reysi);

·       Namangan — Sankt-Peterburg (HH743 reysi);

·       Sankt-Peterburg — Namangan (HH 744 reysi).

Shuningdek, 1 yanvar kuni quyidagi reyslar bekor qilinadi:

·       Samarqand — Tel-Aviv (HH543 reysi);

·       Tel-Aviv — Toshkent (HH546 reysi);

·       Toshkent — Istanbul (HH573 reysi);

·       Istanbul — Toshkent (HH574 reysi);

·       Toshkent — Moskva (HH702 reysi);

·       Buxoro — Moskva (HH709 reysi);

·       Moskva — Buxoro (HH710 reysi);

·       Samarqand — Sankt-Peterburg (HH742 reysi);

·       Toshkent — Moskva (HH701 reysi).

«Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Agar sizda bekor qilingan reyslardan biri bron qilingan bo‘lsa, iltimos, mutaxassislarimizga aloqaga chiqing», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qilgandi. O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflari uchun 50 foizgacha chegirmadan foydalanishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: