Starliner boshqariluvchi kemasi XKSga tutashdi

Jahon 08:41 / 07.06.2024 3213

Astronavtlar - 61 yoshli Butch Uilmor va 58 yoshli Suni Uilyams bortida bo‘lgan birinchi boshqariladigan Starliner kosmik kemasi 6 iyun, payshanba kuni Moskva vaqti bilan soat 20:34 da Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga muvaffaqiyatli tutashdi, deya xabar beradi Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq etish bo‘yicha milliy boshqarma (NASA).

Qayd etilishicha, tutashish manyovri rejalashtirilganidan 80 daqiqa kechroq bajarilgan. Kechikish sababi - kosmik kapsulaning harakatlanish tizimidagi muammolar, deb tushuntirdi NASA. «Uchirishdan so‘ng yana ikkita sizib chiqish sodir bo‘ldi. Qaysidir nuqtada manyovr qilish uchun ishlatiladigan 28 ta tuzatish jiklyoridan beshtasi ishlamay qoldi», dedi sharhlovchi kosmik manyovr jonli efirida. Biroq, keyinchalik beshta jiklyordan to‘rttasi yana ishlay boshladi, bu esa XKS bilan muvaffaqiyatli tutashish imkonini berdi.

Boeing Starliner’ni XKSga faqat uchinchi urinishda uchirdi 

Boeing korporatsiyasi Starliner boshqariladigan kemasini bortida ikki amerikalik astronavt bilan uchinchi urinishda XKSga uchirdi. 5 iyun kuni apparat Florida shtatidagi Kanaveral burnidan Atlas V United Launch Alliance raketa-tashuvchisi yordamida uchirildi. 

Astronavtlar stansiyada taxminan bir hafta qoladi. NASA ta’kidlashicha, uchirishdan maqsad kosmik kemani keyinchalik stansiyaga va Yerga muntazam va xavfsiz parvozlarni amalga oshirishi uchun sertifikatlashdir. 

Starliner’ni uchirishga birinchi urinish 6 may kuni, ikkinchisi 1 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Ikkalasi ham texnik nosozliklar tufayli bekor qilindi. Starliner kosmik kemasi 2014 yildan beri davlat-xususiy sheriklik doirasida NASA bilan shartnoma asosida Boeing tomonidan ishlab chiqilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: