Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanidagi daladan erkak kishining murdasi topilgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, tasvirlarda tumanning “Qorabdolota” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.P. aks etgan. U mahalladoshi S.R. tomonidan tosh bilan yetkazilgan jarohat oqibatida vafot etgan.
Ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish; jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.