Asialuxe Travel turoperatori ham kattalar, ham bolalarga unutilmas taassurotlarni taqdim etadigan Dubayning eng yaxshi akvaparklari ro‘yxatini tayyorladi.
Dubay – bu butun dunyodan bo‘lgan sayyohlar uchun ko‘plab ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni taklif qiladigan shahar. Eng mashhur ko‘ngilochar mashg‘ulotlardan biri akvaparklar hisoblanib, ular o‘zlarining kattaligi, attraksionlarning xilma-xilligi, yuqori xavfsizlik va xizmat ko‘rsatish standartlari bilan taniqli.
Asialuxe Travel turoperatori eng yaxshi akvaparklar ro‘yxatini tayyorladi – ular cho‘l o‘rtasidagi haqiqiy oazis bo‘lib, xursandchilik, adrenalin va unutilmas dam olishni taqdim etadi.
Adventure
Dunyodagi eng yirik akvaparklardan biri bo‘lgan Adventure akvaparki taniqli Atlantis The Palm kurorti hududida joylashgan. Akvapark yuzdan ortiq suv qiyaliklari, unikal attraksionlar «erinchoq» ko‘llarni o‘z ichiga oladi. Kuchli hislarni yaxshi ko‘radiganlar yuqori tezlikda pastga tushadigan Poseidonʼs Revenge va Leap of Faith attraksionlarida o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
Bolalar bilan dam olayotganlar The Lost Chambers akvariumi va delfinariyga tashrif buyurishlari yoki akulalar bilan qiziqarli safariga yo‘l olishlari mumkin. Aquaventure akvaparkiga tashrif buyurish istalgan xohish va yoshdagi sayyohlarga ma’qul bo‘ladi.
• Narxi: kattalar uchun bir kunlik chipta narxi 350 AED va 3 yoshdan oshgan bolalar uchun 300 AED dan boshlanadi. Atlantis The Palm rezidentlari uchun – bepul.
Wild Wadi Waterpark
Akvapark Dubay markazida, Burj Al Arab mehmonxonasining qarama-qarshi tomonida joylashgan va dunyodagi eng taniqli akvaparklardan biri hisoblanadi. Ushbu joy sizni o‘zining tematik dekoratsiyalari va attraksionlari bilan haqiqiy ertakka sho‘ng‘itadi.
Shuningdek, akvapark Dubaydagi eng ekstremal akvaparklardan biri hisoblanadi. Masalan, siz 120 metrli trubadan 80 km/soat tezlikda tushishingiz mumkin.
Kichkintoy mehmonlar «erinchoq» ko‘llar va to‘lqinli basseynda suzishlari yoki maxsus bolalar zonasida o‘ynashlari mumkin.
• Narxi: kattalar uchun bir kunlik chipta narxi 295 AED dan boshlanadi, bolalar uchun – 245 AED.
Legoland Water Park
Akvapark yosh sayyohlar uchun haqiqiy topilma bo‘ladi. U LEGO konstruktori dunyosiga o‘xshash, nafaqat bolalar, balki kattalarni ham hayratda qoldiradi. Build-A-Boat va Build-A-Raft River attraksionlarida butun oilangiz bilan plot va qayiqlar qurishingiz hamda «erinchoq» ko‘l bo‘ylab suzib o‘tishingiz mumkin. Voyaga yetgan dam oluvchilar esa tezkor qiyaliklardan pastga tushishi va qiyaliklardagi bellashuvlarda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, bir qadam yaqinlikda joylashgan shu nomdagi attraksionlar bog‘iga tashrif buyurish mumkin.
• Narxi: kattalar uchun bir kunlik chipta narxi 295 AED dan boshlanadi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – bepul.
AquaFun
AquaFun Dubai – dunyodagi boshqa hech bir akvaparkka o‘xshamaydigan unikal akvapark. U Jumeirah Beach Residence sohili bo‘ylab suvda joylashgan. Puflangan akvapark ko‘plab birlashtiruvchi konstruksiyalardan iborat, ular qiyaliklar, sakrash joylari, ko‘priklar va to‘siqlardan katta labirintni yuzaga keltiradi.
Bu kunni Fors ko‘rfazining iliq suvi va quyosh nurlaridan zavqlanib o‘tkazishni istaydiganlar uchun ajoyib joy. Tashrif buyurish uchun kamida 6 yosh bo‘lish kerak.
• Narxi: bir kunlik chipta narxi 155 AED dan boshlanadi.
Splash Pad
Splash Pad Dubai – bu 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maxsus yaratilgan suvli joy bo‘lib, Jumeirah Beach Residence sohilida joylashgan.
Bu yerda chuqur basseynlar va ekstremal attraksionlar yo‘q, faqatgina kichik suvli zonalar va o‘yin maydonlari bor. Bolalar suvli zambarakdan snaryad otishlari, suvli katta chelak yonida vaqt o‘tkazishlari va suvli qiyaliklardan tushishlari mumkin. Bu farzandlari uchun o‘yin-kulgi va xavfsiz ko‘ngilochar mashg‘ulot izlayotganlar uchun ideal variant.
• Narxi: bir kunlik chipta narxi 95 AED dan boshlanadi.
Jungle Bay Waterpark
Akvapark Dubaydagi ikkita Westin Dubai & Le Méridien Mina Seyahi kurort mehmonxonalari hududida joylashgan, suvli sarguzasht ishqibozlari uchun tropik jannatni taqdim etadi.
Akvapark bir nechta zonalarga bo‘lingan: AquaPlay – bolalar uchun xavfsiz qiyaliklarga ega interaktiv zona, Whizzard Slides – ekstremal qiyaliklar, Wave Pool – sun’iy to‘lqinlarga ega basseyn va istalgan yoshga mos boshqa ko‘plab attraksionlar.
• Narxi: kattalar uchun bir kunlik chipta narxi 200 AED dan boshlanadi, bolalar uchun – 100 AED.
Centara Mirage Beach Resort Dubai
Akvapark Dubaydagi ikkita Westin Dubai & Le Méridien Mina Seyahi kurort mehmonxonalari hududida joylashgan, suvli sarguzasht ishqibozlari uchun tropik jannatni taqdim etadi.
Akvapark bir nechta zonalarga bo‘lingan: AquaPlay – bolalar uchun xavfsiz qiyaliklarga ega interaktiv zona, Whizzard Slides – ekstremal qiyaliklar, Wave Pool – sun’iy to‘lqinlarga ega basseyn va istalgan yoshga mos boshqa ko‘plab attraksionlar.
• Narxi: kattalar uchun bir kunlik chipta narxi 200 AED dan boshlanadi, bolalar uchun – 100 AED.
Centara Mirage Beach Resort Dubai