Toshkentda fuqarolarni AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Jamiyat 07:32 / 05.06.2024 1789

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro G.A. fuqaro G.B.ning ishonchiga kirib, 3 nafar fuqaroni 42 000 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishi hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 28 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Uchtepa tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida yana bir tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro F.A. fuqaro M.Ya.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirib, viza olib berishi evaziga 17 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: