Soliqchilar kontrafakt holatlar bo‘yicha tadbirkorlarni xabardor qilmasdan tekshiruv o‘tkazadi

O‘zbekiston 12:15 / 05.06.2024 4488

2024 yil 1 sentabrdan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o‘qish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi ma’lumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlik sub’yektlari shaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni ko‘rish amaliyoti joriy etiladi:

  • ikki marta ogohlantirishdan so‘ng qonun buzilishi bir oy ichida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi;
  • qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlik sub’yektlarini xabardor qilmasdan hamda Biznes-ombudsmanni tekshirish kunida xabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi;

soliq organlariga:

  • majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha aniqlangan qalbaki va kontrafakt holatlar hamda markirovkalash qoidalari buzilganligi yuzasidan tekshiruvlarni tadbirkorlik sub’yektlarini xabardor qilmasdan hamda Biznes-ombudsmanni kunida xabardor qilgan holda amalga oshirish;
  • har chorakda majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan soliq tekshiruvlarini amalga oshirish vakolati beriladi. 

 
2027 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub’yektlari uchun markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi berilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: