Saida Mirziyoyeva: “Islohotlar yo‘lidan aslo chekinmaymiz”

O‘zbekiston 20:02 / 05.06.2024 15755

Bugun, 5 iyun kuni Toshkentda Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasi ko‘magida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, bu tadbirda O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish yo‘lidagi shahdam qadamlari yana bir bor namoyon bo‘lgan.

“Biz iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohalarini takomillashtirish, shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirishga qat’iy kirishganmiz. Biz bu yo‘ldan aslo chekinmaymiz, yurtimizning taraqqiyot manzili – aynan shu.

Bunday maqsadlarga faqat sifatli investitsiyalar va qo‘shimcha qiymat yaratishning global zanjirlariga bog‘lanib erishish mumkin.

JST rahbariyatining bizni bu qadar qo‘llab-quvvatlashi va ishonch bildirishi yuksak bahoga loyiq”, – dedi Saida Mirziyoyeva.

Prezident yordamchisi, shuningdek, Toshkentga kelgan JST bosh direktori Ngozi-Okonjo Iveala bilan uchrashgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: