O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Misrda o‘zbek kompaniyalari mahsulotlarining distribyutorlik markazi va savdo uyini ochish bo‘yicha bitimni imzolandi.
Ushbu bitim O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi va Misrning "Al-Nasr eksport-import" kompaniyasi rahbarlari tomonidan imzolandi.
Kelishuv O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash hamda ishbilarmonlar hamkorligini kengaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Misr o‘rtasida o‘zbek tovarlari uchun bir yoki bir nechta savdo uylarini ochish, Misrda har ikki tomon uchun maqbul bo‘lgan shartlarda distribyutorlik markazi va ishlab chiqarish kooperatsiyasini tashkil etish orqali o‘zaro savdoni rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.
Ushbu savdo va distribyutorlik markazlari orqali Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga respublikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilmoqda.