10 iyundan boshlab Toshkent shahridan Qirg‘izistonning Cho‘lponota (Issiqko‘l) kurort shahrigacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi.
Qatnovlar oyning juft kunlarida (kunora) Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.
Chipta narxi 300 ming so‘m etib belgilangan. Qatnovlarni Uzautotrans Service MChJ amalga oshiradi, shuningdek, kompaniya mazkur yo‘nalishda buyurtma qatnovlarini ham bajaradi.
Toshkent-Cho‘ltonota xalqaro avtobus yo‘nalishida safar vaqti 20 soat, yo‘nalish uzunligi 1060 kilometrni tashkil qiladi.