Toshkent va Xivada milliy koloritga ega sharq bozori tashkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari soha vakillari va tadbirkorlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.
Muloqotda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan:
- xorijiy davlatlardan keladigan pensiya yoshidagi sayyohlarning O‘zbekistonda olti oygacha vizasiz bo‘lishi tartibini ishlab chiqish;
- kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi bo‘lgan uch kunlik biznes tadbirni tashkil qilganlarga tadbirdan olingan daromad solig‘ini 50 foizga kamaytirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmini qaytarish tizimini joriy qilish;
- Toshkentdagi Chorsu bozori va Xivada milliy koloritga ega sharq bozorini tashkil etish;
- bolalar oromgohlarini xususiy sheriklik asosida rivojlantirish kabi fikrlarni chuqur o‘rganib, ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar kiritish topshirildi.
O‘z navbatida, prezident sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashini tuzishni taklif qildi. Bu tashabbus uchrashuvda ishtirok etgan turizm sohasi vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.