Jondor tumanida Nexia YTHga uchrab, 3 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 13:33 / 04.06.2024 13790

Buxoro viloyatining Jondor tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Tuman hokimining mazkur YTH oqibatlarini bartaraf etish va shu kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilingan.

Farmoyishda keltirilishicha, holat 2024 yilning 30 aprel kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni soat taxminan 7:00da “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 avtomagistral yo‘lining 305-kilometrida “Xorazm-Buxoro” yo‘nalishida harakatlanib borayotgan Nexia mashinasining shinasi yorilib ketgan.

YTH oqibatida 3 kishi vafot etgan, 2 nafar fuqaro esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Oldinroq Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: