3-4 iyun kunlari Toshkentdagi IT-parkda GAMEFEST xalqaro o‘yin va animatsiya festivali bo‘lib o‘tdi. Kreativ iqtisodni targ‘ib qiluvchi tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi va Aloqabank hamkorligida o‘tkazildi.
Bu dunyo bo‘ylab o‘yin sohasidagi mutaxassislar va ishlab chiqaruvchilarni birlashtiruvchi tadbir bo‘lib, unda turli kompaniya va o‘yin ishlab chiqaruvchilar o‘yin ishqibozlari bilan uchrashishdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi va Aloqabank ko‘magida o‘tkazilayotgan ushbu festivalda qatnashchilarga AloqaBank Visa bank kartalari sovg‘a qilindi va bu orqali onlayn to‘lovlarni, xalqaro pul o‘zkazmalarni amalga oshirish mumkin. Eslatib o‘tish kerakki, AloqaBank Visa kartalari dunyoning 200 dan ortiq davlat va hududlarida qabul qilinadi.
GAMEFEST O‘zbekistonda birinchi bor o‘tkazildi. Ushbu innovatsion tashabbus strategik jihatdan O‘zbekistonda va xalqaro miqyosda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘yin sanoatining asosiy roli va uning xalqaro iqtisodiyotga chuqur ta’siriga alohida e’tibor yo‘naltirilgan.
“Bugungi GAMEFEST xalqaro o‘yin va animatsiya festivalidan asosiy maqsad ko‘proq o‘zbekistonlik yoshlarni xalqaro IT kompaniyalarda O‘zbekistondan turib ishlab, ularni yurtimizga jalb qilish. Xalqaro miqyosda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishni O‘zbekistonga olib kelish va shu orqali yoshlarimizni ko‘proq o‘yin o‘ynash emas, ko‘proq o‘yinlar yaratishga, xalqaro va mahalliy o‘yinlarni yaratib butun dunyoga eksport salohiyatini oshirishda hissa qo‘shishga qaratilgan”, deydi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov.
O‘yinlar ko‘rgazmasi — dunyo bo‘ylab o‘yin ishlab chiqaruvchilarni bilashtiruvchi maydon hisoblanadi. Festivalda ishtirokchilar turli kompaniya va o‘yin ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lishdan tashqari, VR va AR‘ning hayajonli dunyosiga sho‘ng‘ib, kibersport turnirlari va animatsiya studiyalaridan zavqlangan holda keng turdagi o‘yinlarni kashf etishlariga imkon yaratildi.
Forum bu — o‘yin sohasi mutaxassislari, ishqibozlar va intiluvchan ijodkorlar o‘yin sanoatining kreativ iqtisoddagi asosiy rolini ta’kidlash uchun birlashadigan dinamik tadbir sanaladi. Ushbu qiziqarli tadbirda bilim almashish sessiyalari, netvorking imkoniyatlari va mazmunli muhokamalar hamda soha mutaxassislari bilan savol-javob sessiyalari bo‘lib o‘tdi.
Reklama