5 iyun kuni uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

O‘zbekiston 11:30 / 04.06.2024 14423

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +31...+33 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +16...+21 daraja, kunduzi +29...+34 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: