Toshkent shahri hokimining turizm bo‘yicha o‘rinbosari ishdan olindi

O‘zbekiston 18:26 / 03.06.2024 7707

Toshkent shahri hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Faxriddin Davrukov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda turizm sohasi bo‘yicha prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

“Oxirgi yillarda poytaxtda Toshkent siti, Toshkent moll, Magic City kabi turizm maskanlari barpo etildi. Bu majmualarga yiliga 4 milliondan ziyod odam tashrif buyuryapti, ularning 35 foizidan ko‘pi xorijiy turistlar.

Lekin poytaxt hokimligi o‘z tashabbusi bilan yangi takliflar bilan chiqmayotgani tanqid qilindi.

Shu bois Toshkent shahri hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Davrukov lavozimidan ozod etildi. Bosh vazirga turizm bo‘yicha har bir hokim o‘rinbosari ishiga baho berish topshirildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Faxriddin Davrukov lavozimga 2021 yil aprel oyida tayinlangan edi. Bungacha u turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: