O‘zMI Fatvo markazi kriptovalutalar nojoizligi haqidagi bayonotiga raddiya berdi

Jamiyat 23:15 / 03.06.2024 20173

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi Islom dinida bitkoin, notkoin va boshqa shu kabi kriptovalutalarda savdo-sotiq qilishga munosabat qandayligi haqidagi savolga javob tariqasida e’lon qilgan xabariga tuzatish kiritdi.

Avvalroq, Fatvo markazi kriptovalutalarni o‘zaro ayirboshlash va ular bilan savdo-sotiq qilish shar’an joiz emasligini, chunki kriptovalutalar shariat tomonidan pulga qo‘yilgan talablarga mos emasligini ma’lum qilgan edi.

Bu xabarga nisbatan e’lon qilingan tuzatishda fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga yetmagani va zamonaviy masalalarni keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilayotgani ta’kidlanadi.

Qayd etilishicha, Fatvo markazi direktori Nuriddin Xoliqnazarov va uning o‘rinbosarlari Haj safarida bo‘lib turibdi, xabar esa texnik sabablarga ko‘ra, ehtiyotsizlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.

Fatvo markazi uzr so‘ragan holda, ushbu fatvo loyihasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga yetkazib, qayta havola etilishini ma’lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: