May oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

Iqtisodiyot 11:23 / 02.06.2024 9372

Unga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 30 200 so‘m bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlardan Buxoro (28 600 so‘m) va Qashqadaryo (27 900 so‘mdan) viloyatlari joy olgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir porsiyasi 19 900 so‘mdan sotilgan.

Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uchun o‘rtacha narxlari quyidagicha bo‘lgan:

·       Qoraqalpog‘iston R. – 24 300 so‘m   

·       Andijon viloyati – 24 600 so‘m   

·       Buxoro viloyati – 28 600 so‘m    

·       Jizzax viloyati –26 200 so‘m   

·       Qashqadaryo viloyati – 27 900 so‘m    

·       Navoiy viloyati – 24 400 so‘m    

·       Namangan viloyati – 19 900 so‘m   

·       Samarqand viloyati – 27 300 so‘m   

·       Surxondaryo viloyati – 25 800 so‘m   

·       Sirdaryo viloyati – 23 500 so‘m   

·       Toshkent viloyati – 25 400 so‘m  

·       Farg‘ona viloyati – 23 300 so‘m

·       Xorazm viloyati – 27 600 so‘m

·       Toshkent shahri – 30 200 so‘m

“Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan”, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: