Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada to‘y kortejida avtomobildan tanasini chiqarib soxta pul sochgan yigitga chora ko‘rildi
Yigit mayda bezorilik sodir etgan deb topilib, o‘n sutka qamoq jazosi tayinlangan. Haydovchiga qanday chora ko‘rilgani ochiqlanmagan.

Foto: IIB axborot xizmati
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida to‘y kortejida soxta pul sochgan yigitga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Yigit to‘yda ishtirok etgan avtomobillardan birining lyukidan tanasini chiqarib atrofga pul sochgan. Holat videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
Viloyat IIB YHXB tomonidan qoidabuzarlik sodir etgan yigit topilgan. Unga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan ish ochilgan va to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tumani sudiga yuborilgan.
Sudda pul sochgan yigit MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Avvalroq Qo‘qonda avtomobil lyukidan tanasini chiqarib soxta pul sochgan fuqaro 15 sutka, haydovchi esa 10 sutkaga qamalgandi. Beshariqda sodir bo‘lgan hodisada haydovchiga qanday chora ko‘rilgani xabarda ochiqlanmagan.
Mavzuga oid

21:50 / 23.07.2025
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?

21:52 / 22.07.2025
Farg‘onada adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlagan shifokor qamaldi

16:09 / 18.07.2025
Tomda mehmonxona qurish mumkinmi?

09:04 / 18.07.2025