Buxoroda yangi tayinlangan viloyat rahbarlari tadbirkorlarga yordam berishi shartligi haqida ogohlantirildi

O‘zbekiston 11:43 / 01.06.2024 16475

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilishda aholi daromadlarini oshirish va tadbirkorlikka ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Viloyatda bu oy 21,5 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib keladi. Ularni va ishsiz, kam daromadli aholini ish va daromad manbalari bilan ta’minlash – strategik vazifa.

Yangi tayinlangan viloyat rahbarlari tadbirkorga yordam berib, Buxoroni kambag‘allik, ishsizlik va jinoyatdan xoli hududga aylantirish shartligi haqida ogohlantirildi. 

Buxoroda kichik biznesga bu yili 5,9 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 2,1 trillion so‘m kredit ajratilishi e’lon qilindi. Turizm va servis uchun yana 100 million dollar alohida ajratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: