Asialuxe Travel rebrending haqida e’lon qiladi

O‘zbekiston 09:57 / 01.06.2024 2829

2024 yil 1 iyun kuni yirik turoperator Asialuxe Travel kompaniyaning bozordagi mavqeini mustahkamlash, hamda mijozlarga yanada noyob va ilhom baxsh etuvchi sayohat tajribasini taqdim etishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyaning bir qismi sifatida yirik rebrending yakunlangani haqida xabar berdi.

Kompaniya faoliyatidagi asosiy o‘zgarishlar:

Yangi aydentika: yangilangan uslub kompaniyaning yangi ufqlarni ochish va noyob sarguzasht marshrutlarini yaratish istagini aks ettiradi.

Yangi veb-sayt va mobil ilova: kompaniya yuqori texnologiyali platformani yaratdi, bu esa mijozlarga sayohatlarni bir necha soniya ichida osongina topish va bron qilish imkonini beradi.

Yangi yo‘nalishlar va sayohatlar: Asialuxe Travel o‘z takliflari geografiyasini kengaytirib, eksklyuziv marshrutlar va noyob sayohat tajribasini qo‘shdi.

Xizmat ko‘rsatishning yangi standartlari: har bir mijozga sayohatining barcha bosqichlarida maksimal darajada e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishini ta’minlash uchun xizmat ko‘rsatish standartlari takomillashtirildi.

Yangi shior: “Qachon, hozir bo‘lmasa?!” shiori kompaniyaning falsafasini aks ettiradi, odamlarni yaxshi narsalarni keyinga qoldirmasdan, taassurot va kashfiyotlarga boy to‘laqonli hayot kechirishga undaydi.

Voqeani sharhlar ekan, Asialuxe Travel bosh direktori Farrux Qayumov shunday dedi:

“Bu shunchaki brendni restayling qilish va o‘zgartirish emas. Biz ko‘plab ichki jarayonlarni ko‘rib chiqib, kompaniyani butunlay o‘zgartirdik. Yil davomida biz kompaniyaning IT yadrosini rivojlantirish ustida faol ish olib bordik: biz yangi, takomillashtirilgan sayt va ilovani ishga tushirdik, CRM va ERP tizimlarini to‘liq yangiladik. Endi “kapot ostida” Asialuxe Travel o‘zining ishlanmalari va eng yaxshi IT yechimlari integratsiyasidan iborat butun kosmik kemasiga ega. Mahalliy turizm bozorida hech kimda bunday IT imkoniyatlar mavjud emas. Bu biz uchun muhim yutuq bo‘lib, mijozlarimizga yanada moslashtirilgan va innovatsion mahsulot va xizmatlarni taqdim etishda yangi istiqbollarni ochadi”.

Uslub tavsifi

Shrift: Logotip oson o‘qilishi va zamonaviy vizual uslub uchun toza, zamonaviy zasechkasiz (sans-serif) shriftidan foydalanadi.

Ranglar: logotip ishonchlilik va professionallik bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘k va qora ranglarda yaratilgan. Ko‘k rang, shuningdek, dengiz va osmon bo‘ylab sayohatning ramzini anglatib, kompaniya faoliyati bilan global tasavvurlarni mustahkamlaydi.

Vizual metaforalar: Asialuxe Travel logotipidagi uchta to‘lqinli chiziqni ifodalovchi grafik element vizual hikoya qilishga zamonaviy yondashuvni namoyish etadi. Ushbu chiziqlar bir nechta darajalarda talqin qilinishi mumkin, bu logotipning chuqurligi va qatlamlarini ifodalaydi.

• Okean to‘lqinlari: Bir qarashda uchta to‘lqinli chiziq osongina to‘lqinlar sifatida qabul qilinadi, bu logotipni dengiz sayohati va dam olish bilan bevosita bog‘laydi.

• Osmon va suv orasidagi ufq: xuddi shu chiziqlar osmon va suvni ajratib turuvchi ufq sifatida qabul qilinishi mumkin. Rasm Asialuxe Travel mijozlari uchun ochiladigan cheksiz imkoniyatlar va yangi ufqlarni ifodalaydi. Ufq erkinlik va kashfiyot tuyg‘ularini uyg‘otadi va kompaniyaning nafaqat sayohat, balki hissiy va aqlni kengaytiruvchi sarguzashtlarni taklif qilishga sodiqligini ta’kidlaydi.

• Sayyohlarni himoya qiluvchi qo‘llar: yaqinroq nazar solinganda, bu chiziqlar sayohatchilarni ehtiyotkorlik va mehr bilan quchib turgan qo‘llarning konturi sifatida talqin qilinishi mumkin. Ushbu vizual tasvir kompaniya kafolatlaydigan xavfsizlik va ishonch hissini ifodalaydi, butun sayohat davomida sayyohlarga himoya va qulaylikni ta’minlaydi.

Asialuxe Travel rebrendingi ustida SPOILER kommunikatsion agentligi ish olib bordi.

“Agentlik oldida nafaqat go‘zal obraz yaratish, balki turoperator mijozlari bilan hissiy aloqa o‘rnatish vazifasi turgan edi. Biz kompaniyaning falsafasi, missiyasi va qadriyatlarini samarali yetkazadigan kommunikatsiya strategiyasi, korporativ identifikatori va vizual identifikatorni ishlab chiqdik”, dedi SPOILER AGENCY asoschisi Zumrat Yergashboyeva.

Kompaniya shuningdek, qisqa 1111 raqami bo‘yicha ishlaydigan aloqa-markazning ishga tushirilgani haqida xabar berdi. Endi siz istalgan vaqtda sayohatlar, chiptalar va turpaketlar sotib olish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha maslahat olishingiz, shuningdek, mavjud bronlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Kompaniya haqida batafsil ma’lumotni turoperatorning rasmiy saytida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi brendning sahifalarida topishingiz mumkin:

Sayt: asialuxe.uz/avia

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel)

Telegram: t.me/asialuxe

Telegram’dagi qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: