O‘zbekistonda yoz faslining birinchi kunlari quruq va juda iliq ob-havo bilan boshlanadi, deya xabar berdi "O‘zgidromet".
Shanba va yakshanba kunlari havo harorati kechalari +14...+19 daraja, kunduzi +31...+34 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda havo asosan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat dam olish kunlari kechalari +16...+19 daraja, kunduzi +31...+34 daraja bo‘ladi.