Bolalar kuni munosabati bilan donorlik aksiyasi o‘tkazilyapti

Jamiyat 18:08 / 31.05.2024 2612

Adolat sotsial-demokratik partiyasi 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida donorlik aksiyasiga ko‘ngillilarni taklif etyapti. Aksiya 31 may kuni soat 9:00 dan – 16:00 gacha Respublika qon quyish markazida hamda uning barcha hududiy bo‘limlarida o‘tkaziladi.

Donorlikka qon topshiruvchilar uchun talablar:

– 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom odamlar;

– og‘irligi 50 kgdan oshiq bo‘lganlar.

– kamida oxirgi 6 oy davomida jiddiy kasallik va jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirmaganlar.

Aksiya oldidan yetarlicha suv ichish, yengil ovqatlanish va yaxshi dam olish tavsiya etiladi.

Ma’lumot uchun, 7 yildan beri partiya tashabbusi bilan aksiyada 24 753 nafar fuqaro ishtirok etgan. Ulardan 8 663 litr qon to‘planib, 42 612 nafar bolaning salomatligini tiklash va hayotini saqlab qolish uchun ishlatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: