Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023 yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan gumanitar yordam yuklari keldi
2023 yilda O‘zbekistonga umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi. U asosan besh davlatdan yuborilgan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonga 2023 yil yanvar-dekabr oylarida 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, gumanitar yordamning asosiy ulushi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi:
- Germaniya (71 mln 379,4 ming dollar yoki yordamning 36 foizi);
- Xitoy (27 mln 467,6 ming dollar, 13,9 foiz);
- AQSh (23 mln 234,2 ming dollar, 11,8 foiz);
- Belgiya (22 mln 620,2 ming dollar, 11,4 foiz);
- Shveytsariya (20 mln 757,8 ming dollar, 10,5 foiz).
Kirib kelgan gumanitar yordam sohalar kesimida:
- sog‘liqni saqlashga (169 mln 233,5 ming dollar);
- ijtimoiy sohaga (1 mln 244,4 ming dollar);
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga (943,2 ming dollar);
- ta’limga (247,2 ming dollar) yo‘naltirilgan.
Yordamlar gumanitar yordam oluvchi tashkilotlar bo‘yicha:
- SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 58,2 foiz;
- «Ta’minot va logistika xizmati» unitar korxonasiga 17,2 foiz;
- Gematologiya ilmiy tadqiqot institutiga 10,5 foiz;
- «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondiga 11,2 foiz ulush to‘g‘ri keladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

13:26 / 22.07.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

13:32 / 30.04.2025
O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi

10:31 / 30.04.2025
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston yo‘nalishida yuk tashuvchilar ogohlantirildi

22:00 / 25.03.2025