Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyada qiyin moliyaviy ahvolda qolgan fuqaro oilasi bag‘riga qaytarildi.

Foto: "Dunyo" AA
Chelyabinsk viloyati Kishtim tumanida joylashgan "Russkiye pryaniki" korxonasida vaqtincha ishlash uchun borgan S.A. Bosh konsulxona diplomatlari bilan uchrashuv chog‘ida moddiy tomondan qiyin ahvolda qolganligi sababli doimiy yashash manziliga yetib olishi uchun amaliy yordam so‘ragan.
S.A. o‘tkazilgan suhbat davomida ma’lum bo‘lishicha, u shu yil may oyida tashkillashtirilgan tartibda mazkur korxonaga ishga kelgan. Uning Chelyabinsk viloyatiga yetib kelguniga qadar yo‘l xarajatlari, yotoqxona va boshqa ko‘rinishdagi to‘lovlar ish beruvchi tomonidan amalga oshirilgan.
U vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi patentni rasmiylashtirish maqsadida uch marotaba imtihon topshirgan. Ammo rus tilini bilish darajasini beruvchi sertifikatni rasmiylashtira olmagani sababli Rossiyada noqonuniy huquqiy maqomda qolgan.
Uni O‘zbekistonga qaytarish uchun Yekaterinburg shahriga olib kelindi va vaqtincha boshpana bilan ta’minlandi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston diplomatlari va faol vatandoshlar ko‘magida hamyurtimizga "Yekaterinbur-Toshkent" aviareysiga chipta xarid qilib berildi.
S.A. 19 iyul kuni "Yekaterinburg-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha samolyotda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan doimiy yashash manziliga kuzatildi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40
-
Olmaota shahrining yuqori qismlarida ko‘p qavatli turar joylar qurishga moratoriy joriy etiladi
Ko‘chmas mulk | 16:39
-
Endi «beshtalik»dagi oliygohlarga kirolmagan abituriyentda oltinchi imkoniyat ham paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 16:31
-
Ikki oyda 73 ming o‘zbekistonlik o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqladi
Iqtisodiyot | 16:26
Mavzuga oid

11:15
Rossiya «Vagner»ni «Afrika korpusi» bilan almashtirmoqchi.

10:38
Tramp endi Putindan Zelenskiy bilan uchrashishni talab qilmayapti

10:13
Muddat tugayapti. Putinni qo‘rqita oladigan eng yomon ssenariy nima?

08:10