Toshkent shahrida 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va YUNISEFning O‘zbekistonda 30 yilligiga bag‘ishlangan marafon bo‘lib o‘tadi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, marafon nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yuqori sifatli inklyuziv xizmatlar va teng imkoniyatlarni taqdim etishga, stereotiplarga qarshi kurashishga hamda stigma va diskriminatsiyaga barham berishga qaratilgan.
Tadbir 26 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:00 dan 12:00 gacha o‘tkaziladi.