Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer ajratib berishni va’da qilgan muhandis aniqlandi

O‘zbekiston 08:40 / 25.05.2024 1248

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi” muhandisi U.T. fuqaro M.D.ning ishonchiga kirib, unga ushbu boshqarma tasarrufidagi 20 sotix yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ajratib berishi evaziga 2500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, U.T.ning ushbu pullar hisobidan 500 AQSh dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: