"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan mazkur universitet o‘rtasida iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, ijtimoiy fanlar, muhandislik, biologiya fanlari, muhandislik texnologiyalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Universitet rahbariyati O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari talabalari, tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda qo‘shma almashinuv dasturlari amalga oshiriladi.