Bayden Shveytsariyadagi Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitini o‘tkazib yuborishi mumkin

Jahon 08:11 / 25.05.2024 3348

AQSh prezidenti Jo Bayden bir vaqtning o‘zida Kaliforniyada bo‘lib o‘tadigan mablag‘ yig‘ish tadbiri tufayli kelasi oy Shveytsariyada o‘tkaziladigan Ukraina bo‘yicha global tinchlik sammitini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda 23 may, payshanba kuni manbalarga tayanib, Bloomberg xabar berdi

Ularning aytishicha, Amerika yetakchisi G7 yetakchilari yig‘ilishida ishtirok etish uchun Italiyaga uchadi, biroq 15 iyun kuni Los-Anjyelesga o‘zining qayta saylanish kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ish tadbirida qatnashish uchun yo‘l oladi. Tadbirda Bayden bilan birga Hollivud aktyorlari Jorj Kluni va Juliya Robers, shuningdek, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va teleboshlovchi Jimmi Kimmel ishtirok etishi kutilmoqda.

Bu qaror, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, uning raqibi Donald Trampning bir qarorga kelolmayotgan shtatlarda mashhurligi fonida Bayden uchun saylov kampaniyasi ustuvorligini ta’kidlaydi. O‘tgan oyda Tramp mablag‘ yig‘ish bo‘yicha ilk bor Baydendan o‘zib ketdi va 76 million dollargacha yetdi.

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, tinchlik sammitida AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris ham bo‘lmaydi. 

Ukraina bo‘yicha beshinchi konferensiya

Ukraina bo‘yicha global tinchlik sammiti 15-16 iyun kunlari Lyutsern yaqinida joylashgan Byurgenshtok kurortida bo‘lib o‘tadi. Anjumanda 100 ga yaqin davlat ishtirok etishi kutilmoqda. Sammit 2023 yilda Daniya, Saudiya Arabistoni va Maltada, 2024 yil 14 yanvarda Davosda bo‘lib o‘tgan Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha to‘rtta oldingi konferensiyaga o‘xshab ketishi kerak. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Byurgenshtokdagi uchrashuvga Xitoy rahbari Si Jinpingni ham taklif qilgan. Ukrainaga qarshi urushni tugatish imkoniyatlari muhokama qilinadigan Shveytsariyadagi sammitga Rossiya taklif qilinmadi. Moskva, o‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasi ishtirokisiz bunday uchrashuvning mantiqiy bo‘lmasligini ta’kidladi. 

Ko‘proq yangiliklar: