Iqlimshunos Erkin Abdulahadovga ko‘ra, Amudaryoning asosiy kuzatuv punkti "Kerki" gidropostida 21-23 may kunlari suv sathi noldan 290-310 santimetrgacha, "Turkmanobod"da 22-25 may kunlari 270-300 santimetrgacha, "Darg‘on-Ota"da 480-500 santimetrgacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Meteojurnal 18 va 23 mayda olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini solishtirgan. Bunda ham Amudaryoda suv sathining ko‘tarilishi 18 may kuniga nisbatan 23 mayda sezilarli ko‘payib ketganini ko‘rish mumkin.
Ehtimol, Amudaryoda suv toshqinlariga Tojikiston va Afg‘onistonda kuchli yomg‘ir sabab bo‘lmoqda. 16-18 may kunlari Tojikistonning bir necha mintaqalarida juda kuchli yomg‘ir yog‘di, ob-havo stansiyalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joylarda kuniga 50 mm va undan ortiq yog‘ingarchilik kuzatilgan.
So‘nggi 15 kunlikda Amudaryoning asosiy irmoqlari Panj, Vaxsh, Kofirnihon va Quddusda suv pishqirib oqib, suv toshqinlarini keltirib chiqargan. Asosiy irmoq Vaxshdagi suv toshqinlari yuqori ehtimol, Nurek suv omboriga to‘ldirilmoqda. Va bu Amudaryoda talafotli suv toshqini hodisalari bo‘lishi oldini olmoqda.