To‘rt viloyatda adliya boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi

O‘zbekiston 09:57 / 24.05.2024 5473

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mirjon Isayev Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Mirjon Zamirovich 1983 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003 yil Toshkent davlat yuridik institutini (bakalavr), 2013 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2003 yilda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida, sud tizimida, Prezident Administratsiyasida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2023 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Dilmurod Ahmedov Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Ahmedov Dilmurod 1984 yilda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2007 yil Namangan davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos. 

U o‘z mehnat faoliyatini 2007 yilda Namangan viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2021 yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ulug‘bek Abdullayev Navoiy viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ulug‘bek Abdullayev 1985 yilda Samarqand viloyati, Bog‘ishamol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yil Qoraqalpoq davlat universitetini (bakalavr), 2010 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2010 yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2023 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jahongir Zoxidov Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Jahongir Zoxidov 1987 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011 yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2012 yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2023 yildan hozirgi vaqtga qadar Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: